Tayinlovdan oldin A.Asamov 2018 – 2019-yillarda - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida Rais oʻrinbosari va 2019-yildan joriy tayinlovga qadar Qoʻmita Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarda ishlab kelgan.
A.Asamov yangi lavozimida Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini taʼminlash, tarmoq va hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat sanoatida investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini va xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga masʼul boʻladi.