Unda targ'ibot markazi direktori L.Mirzaeva, markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti xalqaro aloqalar departamenti direktori A.Ikromov, O'zbekiston davlat tabiat muzeyi bo'lim boshlig'i G.Abdullaeva, san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori B.Nodir, “Sultana” milliy raqs ansambli badiiy rahbari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist X.Ixtiyorovalar hamda Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida nomoddiy madaniy merosimiz ob'ekti bo'lmish milliy hunarmandchiligimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar va islohotlarning davomi sifatida nashr etilgan atlas kitobining ahamiyati katta ekanligi, ilmiy va nazariy asoslab berildi.
Taqdimotda raqqosa qizlar ijro etgan lazgi, buxorocha raqslar mehmonlar va mutaxassislar ko'ngliga xushnudlik ulashdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.