Keyingi paytlarda o'qituvchi va shifokorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ko'lami tobora kengayib bormoqda. Zero, mazkur soha vakillari jamiyatdagi faolliklari, o'ziga xos mavqei bilan boshqa soha vakillaridan ajralib turishadi.
“Ipoteka bank” matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o'qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralar uchun 4 yillik avtokredit joriy etiladi. Qayd etilishicha, o'qituvchi va murabbiylar, shifokor va hamshiralarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilayotgan “Fidokor” avtokrediti bo'yicha o'zgarishlar kiritilmoqda.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Maktabgacha ta'lim va Sog'liqni saqlash vazirliklari tizimidagi muassasalar xodimlari uchun 15 martdan boshlab “Fidokor” avtokrediti: muddati 48 oygacha, yillik ustama haqi 22 foiz, boshlang'ich badali 30 foiz sharti bilan taqdim etiladi.