Maʼlumot uchun, Farrux Sattarov 1986-yil 28-iyulda Jizzax viloyati Jizzax shahrida tugʻilgan. 2007-yilda Toshkent davlat texnika universiteti (bakalavr), 2023-yilda esa Tadbirkorlik va biznes oliy maktabini (magistr) tamomlagan.

F. Sattarov tayinlovga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining “Ekologik siyosat” departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan.