Ularning hisob-kitoblariga ko'ra, so'nggi 20 yil ichida ekstremal ob-havoning zarari soatiga 16 million dollarni tashkil etgan.
2000-yildan 2019-yilgacha dunyoning barcha mamlakatlari iqlim o'zgarishi sababli o'rtacha 140 milliard dollar yo'qotgan. Mazkur miqdor yilga qarab 60 dan 230 milliardgacha o'zgaradi. Eng katta zarar 2003 yilda – Yevropa g'ayritabiiy issiqlik to'lqinidan aziyat chekkan, shuningdek, 2010-yilda Rossiyada jazirama to'lqinlar va Somalida qattiq qurg'oqchilik bo'lganida yuz berdi. 2005 va 2017-yillarda AQShda yuz bergan bo'ron katta talafotlarga olib keldi. 2022-yil uchun zarar miqdori 280 milliard dollarga yetdi.
Xarajatlarning uchdan ikki qismi halok bo'lganlar uchun, qolgan qismi esa mol-mulk borasida ko'rilgan zarar uchun to'langan. Iqlim xarajatlarining uchdan ikki qismi bo'ronlar bilan bog'liq bo'lib, issiqlik to'lqinlari zararning 16 foizini, suv toshqini va qurg'oqchilik esa 10 foizini tashkil qiladi.
Tadqiqotchilarining qayd etishicha, yetkazilgan zarar miqdori borasidagi taqdim etgan ko'rsatkichlar real vaziyat bilan solishtirganda yanada past bo'lishi mumkin, chunki kambag'al mamlakatlar to'g'risida yetarli ma'lumotlar yo'q edi. Bundan tashqari, hosildorlikning pasayishi va dengiz sathining ko'tarilishi oqibatlari bilan bog'liq yo'qotishlar hisobga olinmagan, deb xabar beradi mir24.tv.