- Oʻzbekiston Prezidentining iqlim oʻzgarishi muammosini hal etishga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdormiz, - dedi u. - Haqiqatan ham, iqlim oʻzgarishi umumbashariy muammo, shu bois xalqaro hamjamiyat ekologik toza “yashil” kelajakka erishish boʻyicha zarur choralarni koʻrish uchun birlashishi lozim. Iqlim oʻzgarishi koʻp jihatdan fuqarolarga qaysidir darajada mavhum boʻlib qolayotgan nomaʼlum yirik, oʻlchovi cheksiz tushunchadir. Koʻrinib turibdiki, biz hali barcha nuqtalarni birlashtirishga erishganimiz yoʻq.

“Yashil” siyosatni amalga oshirish oiladagi xulq-atvorimiz, farzandlarimiz, barcha yaqinlarimiz bilan munosabatlarimizdan boshlanadi, deb bilaman. Iqlimni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalar doirasida birlashish, bunday yoʻnalishdagi harakatlarni qoʻllab quvvatlash esa “yashil” maqsadlarga erishishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.