Ertaga 7 iyul kuni Xalqaro matematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

8-9 iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik yoshlar 1997 yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 10 ta kumush va 29 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.