Tuman hokimligi, xalq taʼlimi boʻlimi, tuman prokuraturasi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, tuman IIB, Vatanparvar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda maktablarning iqtidorli oʻquvchilari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaraklari aʼzolari ishtirok etdi.

Ular “Madaniyat va sanʼat” (tasviriy sanʼat, liboslar dizayni), “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” (robototexnika, aviamodel, yosh dasturchi), “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” (toʻqish, mohir qoʻllar, duradgorlik), “Ekologiya va turizm” yoʻnalishlari boʻyicha o'zaro kuch sinashdilar.

Tadbirga, shuningdek, tuman ichki ishlar profilaktik roʻyxatida turuvchi 19 nafar voyaga yetmagan yoshlar ham jalb etilib, tengdoshlarining ijodlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tanlovning badiiy qismida “Barkamol avlod” bolalar maktabining madaniyat va sanʼat yoʻnalishi toʻgarak aʼzolarining musiqiy chiqishlari tashrif buyurganlarga aʼlo kayfiyat baxsh etdi.

Tanlov gʻoliblari maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.