Hayot tarzi tez oʻzgarib borayotgan boʻlsada, biz eski xizmatlar uchun haq toʻlashda davom etmoqdamiz. Deylik, hozirgi paytda koʻpchilik sunʼiy yoʻldosh televideniyasidan foydalanadi. Umuman televizor koʻrmaydiganlar soni ham tobora ortib bormoqda. Zero, gadjet yoki noutbuklar orqali istalgan joyda onlayn tvga ulanish imkoni mavjud. Shunga qaramay, anʼanaviy televizion antenna uchun pul toʻlashda davom etaveramiz. Toʻgʻri, bunday xizmatlar arzon. Lekin bu kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni kamaytirishda yaxshigina ahamiyatga ega. Bejizga, ota-bobolarimiz: “Toma-toma koʻl boʻlur ”- deyishmaydi.

Hisoblagichlarni oʻrnating

Hisoblagichlarni oʻrnatish choʻntakka foyda yoki zarar ekanligi anchagina tortishuvlarga sabab boʻlgan. Keling, soddaroq tushintiramiz. Agar sizning kvartirangizda suv hisoblagichlarini oʻrnatish texnik jihatdan mumkin boʻlsayu, lekin siz buni amalga oshirmagan boʻlsangiz, aks holda suv uchun toʻlovni 1,5 ga koʻpaytirasiz.

Bu kun davomida ishlatishingiz mumkin boʻlgan suv sarfining oʻrtacha 5-6 barobariga teng. Ayniqsa, kun davomida ishda yoki oʻqishda boʻladiganlar, xizmat safarlarida yuradiganlar uchun bu maqsadsiz xarajatga aylanadi. Iqtisodchilarning fikricha, hisoblagich oʻrnatish oila byudjeti uchun ancha foydali.

Qoʻshimcha odamlar uchun pul toʻlamang

Koʻplab xizmatlar kvartirada roʻyxatdan oʻtgan odamlar soniga qarab toʻlanadi. Sizning xonadoningizda roʻyxatdan oʻtgan, ammo boshqa makonda yashovchilar boʻlsa, ularni qonuniy yoʻl bilan turar joyiga rasmiylashtirish kerak. Zero, bir odam uchun ikki obyektda haq toʻlanishi notoʻgʻri.

Kvitansiyalarni tekshiring

Biz har doim ham ahamiyat bermaydigan bu usul kvartirada oʻrnatilgan barcha energiya tejaydigan texnologiyalardanda samaraliroq. Bu- shunchaki koʻp pul toʻlamaslik orqali pulni tejash demakdir.

Eʼtiborli boʻling, bitta xizmat uchun ikki marta pul undirishga harakat qiluvchi, sohta pul yigʻuvchilar domiga ilinib qolmang. Qaysi xizmat uchun haq toʻlayotganingizni, sarf etgan resurs hajmi toʻlayotgan pulingizga mutanosib ekanligini nazorat qiling. Agar qandaydir shubhali holatlarga duch kelsangiz, tegishli joylarga murojaat qilishingiz mumkin. Unutmang, oʻz huquqlarimizni bilmaslik va eʼtiborsizligimiz ancha qimmatga tushishi mumkin.