Farmonga koʻra, 2024–2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

- yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;

- oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;

- geologiya sohasida yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;

- mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;

- suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;

- qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv isteʼmoli hajmlarini aniqlash.

- 2025-yil 1-martdan yer qaʼridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.