Natijada ushbu tumanlardagi 450 ming aholini shaharga qatnashida yengillik yaratiladi.

Viloyatdagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, joylarda bogʻcha va maktablar qurish, Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalari va koʻpriklarni taʼmirlash chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qoʻllab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qoʻshimcha 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, viloyat faollari bilan muloqot boʻldi