Qayd etilishicha, hodisa yosh bolalar o'qiydigan maktab yaqinida sodir bo'lgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, jabrlanganlar orasida katta yoshli erkak, bir ayol va uch nafar bola bor. Bir qiz juda jiddiy jarohat olgan.

Ayrim manbalar jarohatlanganlarning soni ortishi mumkinligini ta'kidlamoqda. Hujumni sodir etganlikda gumon qilingan shaxs qo'lga olingan. Ma'lum qilinishicha, u ham yaralangan, katta ehtimol bilan u o'ziga jarohat yetkazgan.

Hujum sabablari hozircha aniqlanmagan, deb xabar beradi korrespondent.net.