Bosh vazir AQSh va ittifoqchi davlatlarning jihodchi guruhlarga qarshi kurashishdagi hissasini tan oldi, biroq ayni damda ular hech qanday xavf tug'dirmayotganini, shuning uchun Iroqda koalitsiya qo'shinlarining hozir bo'lishi mantiqiy to'g'ri emasligini ta'kidladi, deb xabar beradi rambler.ru.
Iroq hukumatini xalqaro alyans qo'shinlarni olib chiqish jarayonini tezlashtirishga majbur qilgan yana bir omil Iroq xavfsizlik kuchlari shtab-kvartirasiga qilingan hujumlardir, deya ta'kidladi bosh vazir. “Iroq harbiy infratuzilmasiga qilingan hujumlar fonida biz koalitsiya kuchlarining Iroqdagi missiyasini tugatish bo'yicha muloqotni boshlashimiz kerak”, dedi u va alyansning o'zi “bu masalaga o'ta jiddiy qarashini” qo'shimcha qildi.