Iroq hukumati mamlakatda kuzatilayotgan qum bo'roni sababli 23 mayni barcha uchun dam olish kuni deb e'lon qildi.
Prognozlarga ko'ra, qum bo'ron epimarkazida ko'rish 100 metrgacha, shamol tezligi esa soatiga 40 – 50 kilometrga yetadi. 23 may kechki payt Iroqning bir qancha viloyatlarida kuchli chang kuzatilib, yomon ob-havo sharoiti 48 soat davom yetadi.
Shu munosabat bilan mamlakatda sog'liqni saqlash, xavfsizlik kuchlari, favqulodda vaziyatlar va kommunal xizmatlarga taalluqli bo'lgan barcha davlat muassasalarida ish to'xtatiladi. Bir qator ta'lim muassasalarida imtihonlar bekor qilinadi.
Bundan tashqari, mamlakatdagi barcha aeeoportlarni yopish rejalashtirilgan. Qum bo'ron deyarli butun mintaqaga, jumladan, Iordaniya, Suriya, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Ummonga ham ta'sir qilishi kutilmoqda.
Bir hafta oldin qumli bo'ron Iroq va qo'shni davlatlar uchun juda ko'p muammolarni keltirib chiqargan. Noqulay ob-havo tufayli Iroq va Quvaytdagi eng yirik xalqaro aeroportlar va dengiz portlari o'z ishini vaqtincha to'xtatgan. Hodisa aholi orasida nafas qisilishiga olib kelgan. Suriyadagi bo'ron oqibatida kamida o'n kishi halok bo'lgan. Bu haqida Bugun.uz xabar bermoqda.