Iroqdagi to'yda kelib chiqqan yong'in qurbonlari va jarohatlanganlar soni 450 nafarga yetdi

    Iroq shimolidagi to'yda sodir bo'lgan yong'in qurbonlari va jarohatlanganlar soni 450 nafardan oshdi, deb xabar berdi mahalliy Qizil yarim oy tashkiloti.

    “Mosul sharqidagi Hamdaniya tumanidagi to'yxonada sodir bo'lgan yong'in natijasida halok bo'lganlar va jarohatlanganlar soni 450 kishidan oshdi”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq Al Arabiya telekanali 120 kishi halok bo'lgani va 200 dan ortiq kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisaga yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan yopiq hududda pirotexnika vositalaridan foydalanilgani sabab bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.