Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.
Boshqaruv kengashiga Bosh vazir o'rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qiladi.
Shuningdek, universitetda Transformatsiya ofisi ham ta'sis etilmoqda.
Transformatsiya ofisi universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro'yxatga kiritish kabi masalalar uchun mas'ul bo'ladi.