Unda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. ushbu tibbiyot birlashmaning yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar S.E. va M.O.ni farrosh vazifasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli OSHP mudiri Q.L. fuqaro Z.X.ni OSHPga hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyishini aytib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.