Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha quruq va yoz kabi iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati +32...+35 darajani, janubda va choʻl hududlarda +36...+38 darajagachani tashkil etadi.

Keyinchalik ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat 23-34-may kunlari respublikamizning sharqiy hududlarining eng chekka qismida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Qozogʻiston hududi ustidagi joylashgan antitsiklonning taʼsiri hafta oʻrtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25...+30 daraja atrofida boʻladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat yana +31...+33 gacha koʻtariladi.

23-24-may kunlari respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida hafta davomida mahalliy momaqaldiroqli yomgʻirlar bilan kuchsiz berqarorlik boʻlishi kuzatiladi.