Birgina, joriy yilning o'tgan 8 oyi mobaynida bo'lim tomonidan fuqarolar foydasiga 37 ta holatda 84 mln so'm ish haqi qarzlari undirilib, undiruvchilarning qonuniy huquqlari tiklandi.
“Norin paxta tozalash” AJ dan fuqarolar manfaatiga ish haqlarini undirib berish yuzasidan ijro hujjati bo'lim ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, ijro harakatlari olib borildi. Natijada 71 mln. so'm ish haqi undirilib, ijro xujjati amalda tamomlanishiga erishildi.
Bo'lim tomonidan bu yo'nalishdagi ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash doimiy nazoratda.
Bobur Saydullaev,
MIB Norin tuman bo'limi boshlig'i o'rinbosari