Ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani talab qilish bekor qilinadi

    Raqamlashtirish 9 Yanvar 2021 1256

    Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov maʼlum qildi:

    “Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi, unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasi yuritiladi

    «2021-yilda elektron davlat xizmatlarini kengaytirish masalasiga eʼtibor qaratiladi. Jumladan, yagona portalda qoʻshimcha 60 turdagi elektron xizmat joriy qilinishi vazifasi belgilangan. Masalan, joriy yildan ish staji va oylik ish haqini tasdiqlatish toʻgʻrisidagi arxiv maʼlumotnomasini talab qilish toʻliq bekor qilinadi.

    Mahalliy boshqaruv organlari, hokimliklar faoliyatini takomillatirishga alohida eʼtibor qaratiladi. “Elektron qaror” axborot tizimi yaratiladi. Unda hokimlarning barcha qarorlari yagona bazasini yuritiladi.

    Nukus, Urganch, Namangan va Termiz shaharlarida IT-park filiallari ochiladi. Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida “Yoshlar texnoparklari” ochiladi. Toshkent viloyatida bu yil sentyabr oyida TATU filiali ochiladi».