Ish va hayot muvozanati eng yaxshi bo'lgan mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

    Remote.com platformasi eng yaxshi ish va hayot muvozanatiga ega mamlakatlar reytingini e'lon qildi.

    U eng yirik iqtisodiyotga ega 60 ta davlatni qamrab oldi. Ular haq to'lanadigan ta'til, onalikdagi imtiyozlar, eng kam ish haqi, sog'liqni saqlash, xavfsizlik va baxt kabi parametrlar bo'yicha baholandi.

    Yangi Zelandiya yana birinchi o'rinni egalladi, unda ishchilar yiliga 32 kunlik haq to'lanadigan ta'til va 26 haftalik homiladorlik va tug'ruq ta'tillari huquqiga ega.

    Undan keyin universal sog'liqni saqlash tizimi va eng kam ish haqi yuqori bo'lgan Irlandiya turadi. Yevropadagi eng yuqori minimal ish haqi va yaxshi ijtimoiy kafolatlarga ega Bel`giya kuchli uchlikni yakunlab berdi.

    Kuchli o'ntalikka Germaniya, Norvegiya, Daniya, Kanada, Avstraliya, Ispaniya va Finlyandiya ham kirdi. Birinchi o'ntalikdagi o'nta davlatdan yettitasi Yevropa mamlakatlaridir. Rossiya 43-o'rinni egalladi.

    Remote.com – bu global HR-yechimlari platformasi bo'lib, u kompaniyalarga butun dunyo bo'ylab xodimlarni yollashga yordam beradi. U 2023-yildan beri ish va hayot balansi eng yaxshi mamlakatlar reytingini e'lon qilib keladi, deb xabar beradi daily.afisha.ru.