Monitoring natijalari may oyida soliq tushumlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga oshganini koʻrsatdi. Byudjetning eng yuqori rentabelligini taʼminlagan hududlar — Jizzax (37,4%), Sirdaryo (33,2%), Toshkent (28,7%), Navoiy (22,3%) va Samarqand (21,7%) viloyatlari boʻldi.
Tushumlarning oʻsishi asosan soliq toʻlovchilar sonining koʻpayishi bilan bogʻliq. Shunday qilib, faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni oʻtgan yilga nisbatan 30,4%ga oshdi.
Soliq tushumlari manbalari boʻyicha daromad soligʻi 26%ga, mol-mulk soligʻi 36%ga va yer soligʻi 26%ga oshib, oy oxirigacha oʻsishni saqlab qoldi.
Bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlar 2022-yilning shu davriga nisbatan 20,1%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta oʻsishi quyidagi beshta hududda qayd etildi: Surxondaryo (68,3%), Samarqand (38,8%), Jizzax (32,3%), Toshkent (23,4%) viloyatlari va Toshkent (34,2%) shahrida.
Bojxona tushumlarining oʻsishi asosan mahsulot turlari, jumladan, transport uskunalari va butlovchi qismlari, texnik jihozlar, metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha oʻtgan yilning shu davriga nisbatan importning qariyb 28,2%ga oʻsishi bilan bogʻliq.
Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida eksportning pasayish meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlari, Toshkent viloyatida metal va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida plastmassa, Toshkent shahrida tabiiy gaz eksportining kamayishi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, aksariyat hududlarda ip-kalava eksportining qisqargani qayd etildi.
Xorazm, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida eksport hajmining oʻsishi oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat tovarlari, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yetkazib berish surʼatlarining oʻsishi bilan izohlanadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi yil boshidan buyon oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18,8%ga oʻsdi.
Kreditlar berishning sezilarli oʻsishi Jizzax (67,1%), Sirdaryo (50,9%), Qashqadaryo (36,6%), Navoiy (36,5%), viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi (34,3%) va Toshkent shahrida (21,9%) kuzatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 7,6 foizga oʻsdi. Birja faolligining eng katta oʻsishi Sirdaryo (44,2%), Qashqadaryo (27,2%), Samarqand (25,5%) va Andijon (24,8%) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (29,0%) qayd etildi.
Ushbu hududlarda bitimlar hajmining oʻsishi bugʻdoy uni, bugʻdoy, dizel yoqilgʻisi, paxta tolasi, mineral oʻgʻitlar, texnik chigitlar, avtomobil benzini, suyultirilgan gaz, qurilish va xoʻjalik materiallari, shakar, qora va rangli metallar, polietilen va boshqa mahsulotlar sotishni koʻpaytirish hisobiga taʼminlandi.
Yil boshidan buyon 39 177 ta yangi xoʻjalik yurituvchi subyekt tashkil etildi. Ularning eng koʻp soni Samarqand (3 716 ta), Fargʻona (3695 ta), Toshkent (3186 ta), Qashqadaryo (3178 ta), Buxoro (2569 ta) viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (2951 ta) va Toshkent (7,206 ta) shahrida roʻyxatga olingan.