Dastlab, Sankt-Peterburg shahridagi qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan 900 nafar o‘zbekistonlik vatandoshimiz bilan uchrashildi.
Ular bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ta’lim to‘lov-kontrakti, uy-joy, O‘zbekistonda ishga joylashish, tadbirkorlik uchun kredit, qaytish uchun aviachipta kabi yordamlar bo‘yicha 85 ta masalalarning 67 tasi mahalliy hokimliklar bilan bog‘lanilib uchrashuv joyida hal etildi.