Ularning baʼzilari kulgili, yana biri shafqatsiz, boshqalari esa kishini hayratga qoldiradi. Beixtiyor fikrimizga bu qonunlarni ishlab chiqqan odamlar nimaga shunday qilgan ekan, degan savol keladi. Bugun hayotda tatbiq etib kelinayotgan dunyodagi ahmoqona qonunlarning ayrimlari bilan tanishamiz.

***

AQSHning Arizona shtatida kulgili qonun mavjud. Uning tarixi esa qonunning oʻzidan qolishmaydi. Bu 1924-yilda, mahalliy eshak “oʻz” uyidan tashqariga chiqib vanna topib olganida va uning ichiga kirib... uxlab qolganida sodir boʻldi.

U shiringina uxlab yotgan paytida shtatda toʻgʻon oʻpirilishi yuz berib, ovulni suv bosdi. Mahalliy aholi oʻz hayotini xavf ostida qoʻyib, bu “quloqsiz”ni qutqarishga shoshildi. Qutqaruvchilar yordamga keldi, ular ham oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyib, koʻplab texnikani qoʻllashdi, eshak qutqarib qolindi. Shundan keyin eshaklarning vannaga uxlashi taqiqlanganligi haqida qonun qabul qilindi.

***

Gretsiyaning ayrim hududlarida qizlarga baland poshnali tufli kiyish taqiqlangan. Bu taqiq poshnalar tarixiy yodgorliklarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan bogʻliq. Buni mantiqiy qonun desa boʻladi...

***

Afrikada faqat bir shart bilan, agar ertalab uygʻonib, kayfiyati yoʻq boʻlsa, talabalarning darsga spirtli ichimlik ichgan holda kelishiga ruxsat beriladi.

***

Italiyaning Turin shahrida it egalari qonunga muvofiq oʻz uy hayvonini kuniga kamida uch marta koʻchaga olib chiqishlari shart. Qonun hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurash belgisi sifatida 2006-yilda qabul qilingan. Agar it egasi ushbu qonunni buzsa, u 500 dollar jarimaga tortilishi mumkin.

***

Taylandda pulni oyoq bilan bosish qonunga ziddir. Negaki, bu banknotalarda qirolning rasmi bor, pulni bosish esa podshohga hurmatsizlik koʻrsatish demakdir. Bu hurmatsizlik uchun fuqaro uzoq vaqt qamoqda oʻtirishi ehtimoldan xoli emas.

***

Singapurda saqichni chetdan olib kirish va sotish taqiqlangan. Bu taqiq 1992-yilda odamlar saqichni kirish eshiklari datchiklariga yopishtirishi, ularni pochta qutilarida tashlashi va qulf teshiklarini yopishi va hokazolardan keyin joriy qilindi.

***

Singapurda yana bir qonun bor: yoʻlovchilar ustiga yoki oʻrindiqlarga toʻkib yubormasligi uchun metro va avtobuslarda suv ichish taqiqlangan. Agar siz toʻsatdan qoʻlga tushsangiz, unda 500 Singapur dollari miqdorida jarima berishga majbur boʻlasiz.

***

Italiyaning Milanida qoshlarni chimirib, yomon kayfiyatda yurish taqiqlangan. Ishonish qiyin, lekin qonunni buzgan kishi jarimaga tortiladi. Bu qonun faqat kasalxona va dafn marosimlarida qoʻllanilmaydi.

***

Yaponiyada ishchilari semirib ketgan taqdirda ish beruvchilar jarima toʻlaydi. Xodimning oʻzi jazolanmaydi, biroq unga diyetolog va psixiolog maslahatlari kabi tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.