Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan  tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda RTTYOM Andijon viloyati filiali “Call-markazi” dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1 500 AQSH dollari evaziga ushbu “Sall-markazi”ga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda RTTYOM Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. oʻz xizmat xonasida M.A.dan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.