Taʼkidlanishicha, ular “Enter engineering” kompaniyasida ishlovchi tanishlari orqali fuqarolarni ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, S.M.dan har bir qarindoshi uchun 2500 dollardan jami 10 000 dollar berishini aytib, ushbu pullardan 90 000 000 soʻmni Buxoro shahrining Gʻijduvon koʻchasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Gʻ.S. va M.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi va 211-moddasi (Pora berish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.