Tadbirda fuqarolar Gʻ.E. va N.E. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro F.ning ishonchiga kirib, uning oʻgʻli S.ni tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga “Qoraqoʻtan” koniga ishga kiritib qoʻyishini aytib, oldindan 10 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.