Tadbirda Navbahor tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi X.M. fuqaro Sh.ni ushbu birlashmaga feldsher vazifasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 7 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament, DXX hamda IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro U.E. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, oʻzi va singlisini tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish masalasini 9,6 ming AQSH dollariga kelishib, shundan 600 AQSH dollari va 1 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.