Masalan, oʻtgan yili 13 ta davlatga eksport kamaygan.
Oxirgi ikki yilda ayrim mamlakatlar tomonidan jami 18 ta tarif va notarif toʻsiqlar joriy qilindi. Shuningdek, baʼzi davlatlar tayyor trikotaj, mato, kabel, ipak uchun yuqori boj stavkalarini qoʻllayapti.
Aslida mahsulotlarimizga hamkor topish, eksport toʻsiqlarini yumshatish elchilar va maslahatchilarning savdo yoʻnalishidagi eng asosiy vazifasi emasmi! - dedi Prezident.
Shu munosabat bilan barcha elchi va savdo maslahatchilari uchun alohida samaradorlik koʻrsatkichlari belgilanishi, ishini eplay olmagan va KPIni bajarmaganlari intizomiy jazoga tortilishi belgilandi.