Bugun, 22-sentyabr kuni soat 04:24 da Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar “Margʻilon darvozasi” MFY A.Navoiy koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, 13 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:26 da yetib borib, yongʻin soat 06:20 da qurshab olingan va soat 07:20 da bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida korxona binosining taxminan 300 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻinni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.