Unga koʻra, professional taʼlim muassasalari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining namunaviy yillik ish rejasi hamda ularning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt meʼyorlari belgilandi.

Bu orqali:

  • Ishlab chiqarish taʼlim ustalari tomonidan bajariladigan ishlar (pedagogik yuklamalar) optimallashtirilib, ularning soni 54 tadan 14 taga qisqartirildi;
  • ishlab chiqarish taʼlim ustalarining faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan ish turlari bekor qilindi va mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan ish turlari optimallashtirildi;
  • ishlab chiqarish taʼlim ustalarining ish faoliyatlari va mehnat taʼtillari maqbullashtirildi.