Bu haqda “Angren shakar” MCHJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ayni paytgacha, 130 nafardan ziyod xodim ishdan boʻshatilgan. Ularning maʼlum qilishicha, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan boʻshatishni moʻljallagan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda ikkita zavodda jami 2000 nafardan ziyod ishchi xodimning daromadsiz qolish xavfi tugʻilmoqda.