Polshaning Kelse (Kielce) shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.

Chempionatda 54 kilogramm vazn toifasida Nigina Oʻktamova mamlakatimiz sharafini himoya qildi va barcha raqibalarini magʻlub etdi. Hal qiluvchi final jangida ukrainalik Kristina Lakichuk ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan Nigina Oʻktamova oʻzbek bokschi qizlari ichida jahon chempionligiga erishgan ilk sportchiga aylandi. Hozirda u Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 1-kurs talabasi.