Qayd etilishicha, Andijon shahri Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi D.U. hamda uning oʻrinbosari S.B. bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari xizmat xonasida giyohvandlik vositasini isteʼmol qilayotgani aytilgan surat ijtimoiy tarmoqda tarqalgandi. Shundan soʻng, IIV fotosuratdagi fuqarodan 0,69 gramm gashish moddasi musodara qilingani, sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʻra, modda giyohvandlik moddasi deb topilgandi.