Islambek Ismoilov: “Uch yillik mehnat men uchun sharaf va sinov boʻldi”

    Sport 19 Noyabr 2025 962

    Oʻzbekiston U17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Jahon chempionati yakunlanishi ortidan jamoa bilan uch yillik faoliyatini tamomlaganini maʼlum qildi.

    U oʻz murojaatida bu yoʻlni “yurak bilan bosib oʻtilgan safar” sifatida eslatib oʻtdi. Terma jamoaning Jahon chempionatidagi ishtirokidan soʻng u barcha oʻzbek futbol muxlislariga, murabbiylarga va futbolchilarga samimiy minnatdorligini bildirdi.

    Ismoilov uchun bu uch yil — shunchaki ish emas, balki Vatan bayrogʻi uchun kurash, har bir mashgʻulotda, har bir bellashuvda jamoa bilan birga yurakdan yongan, quvongan va alamlangan lahzalar davri boʻldi.

    U 2025-yildagi Osiyo chempionligi haqida toʻxtalar ekan, bu natijani “avlodning jasorati va manfaati bilan yozilgan tarix” deya atadi. “Bu bolalar Oʻzbekiston futboliga ishonch, gʻurur va yangi umid olib keldi”, — dedi u.

    Ismoilov oʻz soʻzida terma jamoaga tanlovda faqat adolat va halollik mezonlariga amal qilganini, har bir chaqirilgan futbolchi bu formulani munosib mehnati bilan olganini aytib, “bugun ham, ertaga ham boshim baland” deya taʼkidladi.

    Bosh murabbiy oʻzining yordamchi murabbiylari, tibbiy guruh, tahlilchilar, shtab aʼzolari va bu yoʻlda yelkadosh boʻlgan barchaga samimiy minnatdorlik bildirdi. «Sizlar boʻlmaganingizda bu safardan kuch va ruh bu qadar yuksak boʻlmasdi,» — deya yozdi u.

    Ismoilov uchun eng katta faxr — shogirdlari. U ularni “mening faxrim, mening ukalarim” deb atadi va hali ularni katta futbol sahnasining asosiy qahramonlari sifatida tasavvur qilib, ishonch bildirdi.

    Bayonot oxirida u jamoa bilan yoʻli tugaganini, ammo bu yakun emas — yangi boshlanish ekanini taʼkidladi:

    “Bu eshik yopildi, lekin oldimizda yana bir katta yoʻl ochilmoqda. Rahmat, Oʻzbekiston!”