«Iqtisodiyot va tinchlik» tahliliy markazi e'lon qilgan natijalarga ko'ra, ikkinchi o'rinda YAngi Zelandiya, uchinchi o'rinda Portugaliya turibdi. SHuningdek, Avstriya, Daniya, Kanada, Singapur, CHexiya, YAponiya va SHveytsariya kuchli o'nlikka kirdi.
Hisobotni tuzuvchilar «Xavfsizlik va himoya», «Harbiylashtirish» va «Uzluksiz to'qnashuv» toifalari bo'yicha ko'rsatkichlari yaxshilanganiga qaramay, Rossiya yana Sudan va Markaziy Afrika Respublikasi o'rtasida 154-o'rinni egalladi.
Reytingda jami 163 mamlakat mavjud. eng quyi o'rinlarni Iroq, Suriya va Afg'oniston egalladi.
Global Peace Index Iqtisodiyot va tinchlik instituti xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Ro'yxat 2007 yildan beri har yili tuziladi.