Grindavik shimolida qurila boshlagan himoya to‘g‘onlarining ikki tomonida yoriqlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda IMO. Kuzatuv kameralari tungi vaqtda lava otilishini qayd etgan.
Bu oxirgi ikki yil ichida Islandiyada beshinchi vulqon otilishidir. Grindavik mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan. Aholisi 4000 kishi bo‘lib, asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Aynan Grindavik hududida oxirgi qayd etilgan vulqon otilishi sodir bo‘lgan — 2023 yil 18 dekabrda. Undan oldin bir necha hafta davom etgan qator zilzilalar sodir bo‘lgan.
O‘shanda Grindavik aholisi otilishdan bir necha hafta oldin evakuatsiya qilindi. Vaziyat barqarorlashganda, ularga vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga uyiga qaytishga ruxsat berildi.
Islandiya orol davlati Shimoliy Atlantikada Yevrosiyo va Shimoliy Amerika tektonik plitalarini ajratib turadigan O‘rta Atlantika tizmasi deb ataladigan joyda joylashgan. Bu mamlakatda 30 dan ortiq faol vulqonlar mavjud, bu — Yevropaning boshqa joylaridan ko‘ra ko‘proq.