Xususan, tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

Loftleiðir rahbariyati kompaniya xorijdagi sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish boʻyicha katta tajribaga ega ekanligini taʼkidladi hamda Oʻzbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish niyati, shuningdek, ushbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashыi savdo vazirligi matbuot xizmati.