Shuningdek Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida amalda bajarilishini taʼminlash maqsadida «Oʻzqishloqelektrqurilish» AJ va uning tizimidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Hududiy boshqarma vakolatlari doirasida har yili aksiyadorlik jamiyatlarining eʼlon qilinadigan moliyaviy hisoboti MHXSga muvofiqligi boʻyicha sifat nazoratini amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, joriy yilning oʻtgan davrida MHXS sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida oʻqitish boʻyicha 3-marta tashkiliy tadbirlarni amalga oshirilgan holda aksiyadorlik jamiyatlariga har tomonlama koʻmaklashish orqali ularning 60 dan ortiq buxgalter va mutaxassislariga 60 soatlik MHXS kursi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida hujjat(sertifikat)ga ega boʻlishlariga zamin yaratildi.
Shu jumladan, hududiy boshqarmaning 3 nafar maʼmuriy boshqaruvi xodimlari ham 60 soatlik MHXS kursi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan holda “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida Sertifikatga ega boʻlishdi.
Kapital bozorini rivojlantirish
Agentligi Matbuot xizmati