Islom Abdugʻaniyevich Karimov – Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

    Mamlakatimizda 2 Sentabr 2021 26656

    Islom Karimov (1938–2016-y.y.) – oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

    Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston mustaqilligini eʼlon qilgan. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan.

    U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni taʼminladi, koʻp millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yoʻlida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi.

    Birinchi Prezident Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni ogʻir xastalikdan soʻng 78 yoshida vafot etdi.

    Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochilgan.

    Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari Samarqandda (2017-yil 2-sentyabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktyabr) ochilgan.

    Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroportiga, Fargʻonadagi sanʼat saroyi, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator koʻchalarga Islom Karimov nomi berilgan.