Islom sivilizatsiyasi markazi 2022-yilda nechta qoʻlyozma asarlarni qabul qildi?

    Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qoʻlyozma va 985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan.

    Islom manbashunosligi va qoʻlyozmalar bilan ishlash boʻyicha Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta qadimgi yozma manbalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi yaratilgan.

    Oʻtgan 2022-yilda ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan 11 ta yozma manba tarjima qilindi va chop etishga tayyorlandi. Qurʼoni karimning 28 ta nodir qoʻlyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi.

    Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, Turkiya Respublikasi olimlari qoʻlyozmalar toʻplami maʼlumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSH kongressi kutubxonasidan 558 ta koʻlyozma va rasmlar, “TurkTAV” fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning “Al-Azhar” majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 ta, Kamoliddin Behzodga oid 6 ta elektron manba olindi.