Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazida kelib chiqqan yongʻin oʻchirildi, deya xabar qildi FVV.
Qayd etilishicha, yongʻin 19-avgust kuni soat 11:11 da binoning tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqazish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin soat 11:32 da oʻrab olinib, soat 11:34 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida 19 kv metr bino tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan.
“Yongʻin oqibatida fuqarolar jabr koʻrmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan”, — deyiladi xabarda.








