Margʻilon shahrida tugʻilgan Islombek Ismoilov yosh boʻlishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan.
U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy oʻyin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Kelgusi mavsumda uning oldiga chempionlikni saqlash, OCHL elit ligasida munosib ishtirok etish hamda jamoani rivojlantirish vazifasi qoʻyildi.








