Uning tarkibida ko'p miqdorda S, E va K vitaminlari, V guruhiga mansub vitaminlar (ayniqsa, foliy kislotasi — vitamin V9), kaltsiy, magniy, marganets hamda kaliy mavjud. Bu esa suyaklar, yurak-qon tomir tizimi, immunitet va teri uchun juda foydali.

Ismaloq 100 dan ziyod fitokimyoviy moddalar, fitoadaptogenlar, karotinoidlar, fenol birikmalar manbai. Bu esa aterosklerozning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Ismaloqda rubiskolinlar kabi noyob moddalar mavjud. Ular opioid peptidlar bo'lib, tarkibiga ko'ra odam miyasiga ishlab chiqariladigan peptidlarga o'xshash. Tadqiqotlar shuni ko'rsatyaptiki, mazkur modda bosh miya to'qimalari himoyasini ta'minlab, xotirani yaxshilaydi, deb yozadi iz.ru.