Yaponiya tomoni o‘zaro munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, mintaqalararo aloqalarni yanadamustahkamlashga hissa qo‘shgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasini (2021-yil 15-16-iyul) muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. 

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini, xususan, Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildilar.

Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda siyosiy tinchlik jarayonlariga ko‘maklashish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.