Uchrashuvda tez tibbiy yordam brigadalari mutaxassislari va hamshiralar tayyorlash markazlari va maktablarini Oʻzbekiston hududida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida “ANEA” tez tibbiy yordam ish beruvchilari milliy federatsiyasi rahbariyati bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirish, kelgusidagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish boʻyicha videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etish boʻyicha kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Maʼlumot oʻrnida, “ANEA” tez tibbiy yordam ish beruvchilari milliy federatsiyasi 1978-yilda tashkil etilgan. Ispaniyadagi 150 dan ortiq tibbiy transport kompaniyalarini birlashtiradi. Bugungi kunda 8 600 dan ortiq tez yordam mashinalari va 30 ming nafarga yaqin xodimi mavjud.