Ispaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

    Biznes 20 Fevral 2023 1984

    Joriy yil 17-fevralda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Ispaniya elchixonasi Savdo attashesi Xuan-Migel Markes boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston – Ispaniya oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuvda Ispaniya – Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning joriy holati va kelgusida oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida Oʻzbek-Ispan Biznes-forumi va B2B formatidagi uchrashuvlarni tashkil etish, bu tadbirga Ispaniya va Oʻzbekistonda yetakchi kompaniyalarni jalb etish masalalari koʻrib chiqildi.

    Tadbirda boʻlajak qoʻshma biznes-forum doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda oziq-ovqat, tekstil, charm- poyafzal, qishloq xoʻjaligi, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalari, turizm va axborot texnologiyalari sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini faollashtirish va bu borada qoʻshima loyihalarni amalga oshirishga koʻproq eʼtibor qaratishga kelishib olindi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati