Ispaniya parlamenti Pedro Sanchesni Bosh vazir lavozimiga tasdiqladi

    Ispaniya parlamenti Pedro Sanchesni Qirollik Bosh vaziri etib qayta sayladi.

    Qayd etilishicha, Pedro Sanches nomzodini sakkiz siyosiy partiyadan 179 deputat qo'llab-quvvatlagan, 171 nafar deputat “qarshi” ovoz bergan.

    Pedro Sanches Ispaniya hukumatini 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda, deb xabar beradi belta.by.