Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev boshchiligidagi vazirlik va idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh Ispaniya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sug‘urta davlat agentligiga tashrif buyurdi.
Ta'kidlanishicha, u yerda Agentlik rahbari Migel Peres hamda ijrochi direktori Karmen Sanches bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uni yurtimizda amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.