Uchrashuv Rotterdamdagi “De Keyp” stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi – 0:0. Qo'shimcha bo'limlarda ham raqiblar bir-birining darvozasiga aniq zarba bera olishmadi.

Final taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'ldi, bunda ispaniyalik futbolchilarning qo'li baland keldi – 5:4. Xorvatlar tarkibida Lovro Mayer va Bruno Petkovich penaltidan to'pni darvozaga kirita olmadi. “Furiya Roxa” 11 yil ichida birinchi marta kubokni qo'lga kiritdi. Ispaniya terma jamoasi oxirgi marta 2012-yilda Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan edi, deb xabar beradi tengrinews.kz.